O'zbekiston

O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lmaganlar soni ochiqlandi

Bu Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida eng katta ko‘rsatkich ekani aytilmoqda.

O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lmaganlar soni ochiqlandi

 

O‘zbekistonda 2023-yil birinchi yarmidagi holatga ko‘ra, 25 ming 413 nafar fuqarolikka ega bo‘lmagan shaxs yashaydi. 

 

Bu haqda 20-sentabr kuni Toshkent shahrida Fuqarolikka ega emaslik masalalari bo‘yicha tahliliy ma’ruza va Parlamentlararo Ittifoq hamda BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining parlament a’zolariga mo‘ljallangan fuqarolik va fuqarosizlik masalalariga oid yo‘riqnomasi o‘zbek tilidagi nashrining taqdimotida aytib o‘tilgan.

 

Ta'kidlanishicha, bu Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida eng katta ko‘rsatkich bo‘lib, ayni shaxslarning aksariyati sovet ittifoqi sobiq fuqarolari va ularning avlodlari hisoblanadi.

 

O‘zbekiston Milliy markazi direktori Akmal Saidov hukumat mamlakat hududida fuqarolikka ega emaslik holatlarini kamaytirish va tugatish yo‘lida qat’iy qadamlar qo‘yayotganini qayd etdi. O‘zbekistonda 2014-yildan e’tiboran yuz ming nafardan ortiq shaxsning fuqarolikka ega emasligi aniqlangan bo‘lib, o‘tgan davrda shundan 83 ming 793 nafarining bu muammolari ijobiy hal etilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lmaganlar soni ochiqlandi | Zamon.uz