O'zbekiston

O‘zA va “Sharq” nashriyoti binosini sotuvga qo‘ygan Davaktivga ogohlantirish berildi

Madaniy meros agentligi holat bo‘yicha rasmiy munosabat berdi.

O‘zA va “Sharq” nashriyoti binosini sotuvga qo‘ygan Davaktivga ogohlantirish berildi

 

“Sharq” nashriyoti va O‘zA binosi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining elektron savdo platformasi orqali sotuvga qo‘yilgandi. Madaniy meros agentligi ularni sotuvdan olish bo‘yicha ogohlantirish berilganini maʼlum qildi.

 

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buyuk Turon ko‘chasi, 41 hamda 42-uy manzilida joylashgan mulkiy majmualar 20-sentabr kuni “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotuvga qo‘yilgandi.

 

Madaniy meros agentligining bildirishicha, Buyuk Turon ko‘chasi, 41-uy manzilida joylashgan binolar (“Sharq” nashriyoti matbaa korxonasi AJ binolari) Vazirlar Mahkamasining 2019 yildagi qarori bilan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga madaniy meros obyekti sifatida kiritilgan. Obyekt 1979—1983 yillarda qurilgan jami 14 ta bino, 2 ta bino qismi hamda 5 ta inshootdan iborat bo‘lib, umumiy maydoni 60 736,0 kvadrat metrni tashkil etadi.

 

“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 23-moddasiga muvofiq Davlat mulkida turgan moddiy madaniy meros obyektlari davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi mumkin emasligi belgilangan.

 

Shuningdek, “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi qonunining 19-moddasi uchinchi xatboshiga asosan moddiy madaniy meros obyektlari, arxiv hujjatlari, davlat muzeylari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, shu jumladan, xiyobonlar va botanika bog‘lari xususiylashtirilmaydigan davlat mulklari etib eʼtirof etilgan.

 

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Madaniy meros agentligi tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga ushbu madaniy meros obyektini auksion savdolaridan olib tashlash yuzasidan 21-sentabr kuni ogohlantirish berildi”, — deyiladi agentlik xabarida.

 

Xabarda ushbu holat natijasi yuzasidan kelgusida qo‘shimcha maʼlumot berilishi bildirilgan.

Talonchi soliqchilar: Qarshida inspektorlar 122,6 mln so‘mni o‘zlashtirdi

Talonchi soliqchilar: Qarshida inspektorlar 122,6 mln so‘mni o‘zlashtirdi

Ular pulni soliq qarzdorligini so‘ndirish maqsadida olib, keyinchalik o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Ekologik ekspertiza xulosasi: uni endi onlayn olish mumkin

Ekologik ekspertiza xulosasi: uni endi onlayn olish mumkin

Belgilangan to‘lov ham onlayn amalga oshiriladi.

Suv ta’minoti vaqtincha cheklanadi: 5 oktyabrdan o‘chiriladi

Suv ta’minoti vaqtincha cheklanadi: 5 oktyabrdan o‘chiriladi

2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Toshkentda chang-to‘zon xavfi: Maxsus komissiya ogohlantirdi

Toshkentda chang-to‘zon xavfi: Maxsus komissiya ogohlantirdi

Toshkentda yomg‘ir oldidan shamol kuchayishi sabab qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Juda ko‘p miqdordagi firibgarlik: gumonlanuvchi Gruziyada qo‘lga olindi

Juda ko‘p miqdordagi firibgarlik: gumonlanuvchi Gruziyada qo‘lga olindi

Interpol Milliy markaziy byurolari xodimlari ishtirokida fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan.

“Karvon” bozori yonmoqda: qutqaruvchilar voqea joyida

“Karvon” bozori yonmoqda: qutqaruvchilar voqea joyida

Hozirda yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasi tekshirildi: 52,5 kg narkotik topildi

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasi tekshirildi: 52,5 kg narkotik topildi

“Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk mashina tirkamasining poliga yashirilgan o‘ramlardan 42,3 kilogramm gashish va 10,2 kilogramm opiy topilgan.

Qashqadaryoda 4 yoshli qizning o‘limi: oiladagi boshqa bola vasiyga topshirildi

Qashqadaryoda 4 yoshli qizning o‘limi: oiladagi boshqa bola vasiyga topshirildi

Avvalroq 4 yoshli qizcha o‘gay onasining kaltaklashi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

O‘zA va “Sharq” nashriyoti binosini sotuvga qo‘ygan Davaktivga ogohlantirish berildi | Zamon.uz