Hangjou-2022: O‘zbekiston delegatsiyasi dastlabki oltin medalni qo‘lga kiritdi
Dzyudochi Diyora Keldiyorova o‘z raqibini mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.

O‘zbekiston delegatsiyasi XIX Osiyo o‘yinlaridagi ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Dzyudochi Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida BAA vakili Birshelt Xorlodoi bilan bahs olib borib, uni mag‘lubiyatga uchratdi. Shunday qilib, sportchi o‘z g‘alabalari orasiga Osiyo o‘yinlari chempionligini ham qo‘shib qo‘ymoqda.
Bundan tashqari, shpagachi Dilnaz Murtazayeva chorak final bellashuvida yaponiyalik Sato Nozomini 15:14 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Reglamentga ko‘ra, qilichbozlikda yarim finalda imkoniyatni boy bergan atletlar bronza medaliga ega bo‘lishadi.







