Hindiston “Pragyan” bilan aloqani yo‘qotdi
Mamlakat avgustda Oyga kosmik kema uchirgandi.

Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti “Pragyan” oy roveri bilan hozircha bog‘lana olmayotganini maʼlum qildi.
“Pragyan” roveri avgustda Oyga qo‘nganidan so‘ng ikki hafta davomida maʼlumotlar va tasvirlarni yig‘di. Shundan so‘ng u 15 kunga mo‘ljallangan “uyqu rejimi”ga o‘tkazilgan.
22 sentyabr kuni roverning akkumulyatorlari qayta zaryadlangandan so‘ng faol rejimga qaytarilishi kutilgan edi. Ammo qattiq sovuqlik batareyalarga zarar yetkazgan bo‘lishi mumkin. Shu sababli “Pragyan” bilan aloqa uzilib qoldi.
Hozirda ISPRO aloqani tiklash bo‘yicha saʼy-harakatlarni davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning xuddi shu hududga o‘zining Luna–25 raketasini qo‘ndirishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Hindiston Oyning janubiy qutbi yaqiniga kosmik kemani qo‘ndirgan birinchi davlat bo‘ldi.







