Jahon

Kim Chen In Xitoy bilan munosabatlarini mustahkamlamoqchi

KXDR yetakchisi Xitoy raisiga xabar yubordi.

Kim Chen In Xitoy bilan munosabatlarini mustahkamlamoqchi

 

Kim Chen In Xitoy Xalq Respublikasi raisiga murojaat yo‘lladi. Unda KXDR yetakchisi mamlakatlarning muvaffaqiyatli hamkorligiga ishonch bildirib, Si Szinpinga omad va sog‘lik tiladi.

 

Murojaatda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanishi, KXDR va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlari yangi davr talablariga muvofiq izchil rivojlanib borishi taʼkidlangan.

 

Kim Chen In, shuningdek, Si Szinpinga o‘ziga xos sotsializm qurishda partiya, hukumat va Xitoy xalqiga rahbarlik qilishdek masʼuliyatli vazifasini bajarishda muvaffaqiyat tilagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"