Jahon

Qorabog‘ armanlari uylarini tark etishi mumkin—Pashinyan

Bosh vazir Armaniston ularni qabul qilishga tayyorligini aytdi.

Qorabog‘ armanlari uylarini tark etishi mumkin—Pashinyan

 

Tog‘li Qorabog‘ armanlari o‘z uylarini tark etishga qaror qilishlari mumkin, buning ehtimoli katta. Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan xalqqa murojaati chog‘ida aytib o‘tdi.

 

“Tog‘li Qorabog‘ armanlari hali ham etnik tozalash xavfiga duch kelishmoqda. So‘nggi kunlarda Tog‘li Qorabog‘ga gumanitar yordam yetib keldi, ammo bu vaziyatni o‘zgartirmaydi”, — dedi Pashinyan.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, rasmiylar zarur hollarda Tog‘li Qorabog‘dan kelgan vatandoshlarni Armanistonga qabul qilishga tayyor.

 

“Agar saʼy-harakatlar aniq natija bermasa, hukumatimiz Tog‘li Qorabog‘lik birodarlarimizni mehr bilan kutib oladi”, — dedi u.

 

Eslatib o‘tamiz, 19 sentyabr kuni Tog‘li Qorabog‘da yana bir keskinlik boshlandi. Boku mahalliy aksilterror choralari boshlanganini eʼlon qildi va arman harbiylarini mintaqadan olib chiqib ketishni talab qildi. Yerevan Qorabog‘da arman qurolli kuchlari yo‘qligini taʼkidladi.  Yerevan aholisi Armaniston hukumati binosi oldida norozilik namoyishi o‘tkazib, sodir bo‘lgan voqeada mamlakat rahbariyati va shaxsan bosh vazir Nikol Pashinyanni aybladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Qorabog‘ armanlari uylarini tark etishi mumkin—Pashinyan | Zamon.uz