Aleksandr Vuchich: "Serbiya hech qachon Kosovo mustaqilligini tan olmaydi"
Serbiya prezidentining maʼlum qilishicha, Kosovo politsiyasi bilan to‘qnashuvlar chog‘ida uch serb halok bo‘lgan, yana ikki nafari og‘ir yaralangan.

Serbiya Kosovo mustaqilligini tan olish qabul qilinishi mumkin emasligiga ishonchini mustahkamladi. Bu haqda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich matbuot anjumanida maʼlum qildi.
"Barcha sodir bo‘layotgan voqealar biz Kosovo mustaqilligini hech qachon tan olmasligimiz borasida ishonchimni mustahkamladi. Xohlagan ishingizni qilishingiz mumkin, lekin biz hech qachon Kosovo mustaqilligini tan olmaymiz. Serbiya hech qachon Kosovo mustaqilligini tan olmaydi", — deb taʼkidladi Vuchich.
Serbiya prezidentining qo‘shicha qilishicha, Kosovo politsiyasi bilan to‘qnashuvlar chog‘ida uch serb halok bo‘lgan, yana ikki nafari og‘ir yaralangan.
Serbiyaning Kosovo va Metoxiya avtonom viloyati 2008 yil fevral oyida bir tomonlama mustaqillikni eʼlon qilgan. So‘nggi yillarda xalqaro tashkilotlar, jumladan YUNESKO va Interpolga aʼzo bo‘lishga faol harakat qilmoqda. 60 dan ortiq davlat, jumladan Rossiya, Hindiston va Xitoy, shuningdek, Yevropa Ittifoqiga aʼzo besh davlat Kosovo mustaqilligini tan olishga qarshi.







