Gollivudda ssenariynavislar kinostudiyalar bilan dastlabki kelishuvga erishdil
Tez orada ommaviy ish tashlash to‘xtatilishi mumkin.

Amerika Yozuvchilar uyushmasi Kinofilm va televideniye prodyuserlari alyansi (AMPTP) bilan may oyi boshidan beri davom etayotgan ish tashlashni to‘xtatish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi.
Amerika Yozuvchilar Gildiyasi (VGA) maʼlumotlariga ko‘ra, uch yillik shartnoma shartlari besh kunlik qattiq muzokaralardan so‘ng kelishib olindi. Endi kelishuv gildiya rahbariyati tomonidan maʼqullanishi kerak, shundan so‘ng u umumiy ovozga qo‘yiladi va qaror ijobiy bo‘lsa, ish tashlash to‘xtatiladi.
11 mingdan ortiq ssenariy mualliflari ishtirok etgan ish tashlash 2 may kuni boshlangan edi, iyul oyida esa bu namoyishga aktyorlar ham qo‘shilgan. Kasaba uyushmalari vakillari kompaniyalardan ish haqini oshirish va ish o‘rinlari kafolatini berishni talab qilmoqda.








