Jahon

Fransiya o‘z harbiylarini Nigerdan olib chiqadi

Nigerdagi fransuz harbiy kontingenti taxminan 1,5 ming askarni tashkil qiladi.

Fransiya o‘z harbiylarini Nigerdan olib chiqadi

 

Fransiya Nigerda hokimiyatni qo‘lga kiritgan isyonchilar bilan harbiy hamkorlikdan bosh tortmoqda va yil oxirigacha bu Afrika davlatidan o‘z harbiylarini olib chiqadi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron TF1 va France 2 telekanallariga bergan intervyusida maʼlum qildi.

 

"Biz hozirgi Niger hukumati bilan harbiy hamkorlikni to‘xtatamiz, chunki ular endi terrorizmga qarshi kurashmoqchi emas. Biz qo‘shinlarimizni tartibli ravishda olib chiqib ketishimiz zarur. Bu yaqin haftalar ichida tashkil qilinadi. Ushbu qaror Niger bilan harbiy hamkorlik o‘z yakuniga yetanini anglatadi", — deydi Fransiya prezidenti.

 

Makronning aytishicha, Fransiya harbiylarini Niger hududidan to‘liq olib chiqish joriy yil oxirigacha amalga oshiriladi. Shuningdek, u Fransiya harbiylarining Nigerdan olib chiqilishi isyonchilar bilan kelishilgan holda amalga oshirilishini qayd etgan.

 

Shuningdek, Makron, Fransiya Niameydagi elchisi va Nigerdagi barcha elchixona xodimlarini chaqirib olishini ham maʼlum qildi.

 

Maʼlumot uchun: Nigerdagi fransuz harbiy kontingenti taxminan 1,5 ming askarni tashkil qiladi.

custom img

Dunyo bo‘ylab gumanitar yordam: Yevropa Ittifoqi 710 mln yevro ajratadi

Mablag‘larning bir qismi Afrika, Falastin hududlari, Livan va Ukrainaga yo‘naltiriladi.

custom img

Janubiy Afrikadagi ikkita shaharchada otishma bo‘ldi: 27 kishi vafot etdi

Hujum sababi hozircha noma’lum.

custom img

Qozog‘iston mudofaa vaziri ishdan olindi: qaror 14 harbiy halok bo‘lganidan keyin qabul qilindi

Bundan avval Qosim-Jo‘mart Toqayev Mudofaa vazirligidagi ishlar holatini kompleks tekshirish uchun maxsus komissiya tuzishni topshirgan edi.

custom img

Tailandda turistlar uchun yangi yig‘im: xorijlik sayyohlardan 13,5 dollar undirilishi mumkin

Yig‘imni undirishni 2027-yilning birinchi choragidan boshlash rejalashtirilmoqda.

custom img

Xitoy va AQSh savdo bojlarini 30 mlrd dollarga kamaytirishga kelishdi: tomonlar AI bo‘yicha muloqot boshlaydi

Kelishuv XXR raisining Vashingtonga uch kunlik tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan sakkiz bandli konsensus doirasida tuzilgan.

custom img

Afinada bino portladi: olti kishi halok bo‘ldi

Portlash gaz infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

custom img

Hurmuz blokadasi tufayli 45 mln kishi oziq-ovqat tanqisligiga duch kelishi mumkin — BMT

Hurmuz bo‘g‘ozidagi o‘g‘it yetkazib berishidagi uzilishlar global oziq-ovqat ta’minotiga xavf tug‘dirmoqda.

custom img

10 yillik qidiruv: AQSHda o‘zbekistonlik erkakning ishi sudda ko‘rilmoqda

U ISHID va “An-Nusra fronti”ga moddiy yordam ko‘rsatishga urinishda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"