Niderlandiyadagi futbol o‘yinida tartibsizlik yuz berdi
Politsiya muxlislarni ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan tarqatdi.

Amsterdamdagi “Ayaks”–“Feyenoord” uchrashuvi vaqtida tartibsizliklar yuz berdi.
Qayd etilishicha, g‘azablangan muxlislar o‘yin vaqtida maydonga pirotexnika vositalarini otishgan, ulardan bir nechtasi darvozaga teggan. O‘yin to‘xtatilgach, stadion tashqarisida muxlislarning tartibsizliklari davom etdi.
Shundan so‘ng politsiya yig‘ilganlarni ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan tarqatdi.







