Jahon

Oddiy, kamtar va hashamatsiz hayot — “o‘zga sayyoradan kelgan” prezidentlar

Bu ikki ayol ham Prezident. Chapda Mayya Sandu — Moldova Respublikasi Prezidenti, o‘ngda Halima Yoqub — Singapur sobiq Prezidenti.

Oddiy, kamtar va hashamatsiz hayot — “o‘zga sayyoradan kelgan” prezidentlar

 

Bu ikki ayol ham Prezident. Chapda Mayya Sandu — Moldova Respublikasi Prezidenti, o‘ngda Halima Yoqub — Singapur sobiq Prezidenti.

 

Ayol kishi sifatida ularning bir-biriga o‘xshash jihatlari ko‘p. Ammo erkaklardan farqli o‘laroq ulardagi asosiy o‘xshashlik — ular Prezident bo‘lsalar ham xalqining hisobidan alohida samolyotlarda emas, hamma qatori birdek yo‘lovchi reyslarda parvoz qilishadi. Hashamatli va shohona hayotdan ko‘ra, oddiylikni xush ko‘rishadi.

 

Shu jihatdan ularni bugungi zamonning buyuk yetakchilari deyish mumkin.

 

Qorovulning prezident qizi

 

Halima Yoqub  — Singapurning ilk ayol prezidenti. Uning otasi Yoqub hind musulmoni bo‘lib, qorovullik qilgan. Onasi esa malay millatiga mansub, ko‘chada ovqat pishirib sotgan. Halima 8 yoshligida otasi yurak xurujidan vafot etgan. Yoshlikdagi o‘ta og‘ir qiyinchilik uni ilmga bo‘lgan muhabbatiga zarracha xalaqit qilmaydi. U ilm ortidan eng yuqori lavozimgacha yetib kelgan va Singapurning ilk ayol prezidenti sanaladi.

 

 

Singapur Prezidenti, Bosh vaziri va rasmiy shaxslari odatda qaysidir davlatga safar qilsa, doimiy yo‘lovchi reyslarga chiqishadi. Chipta pulini o‘z cho‘ntaklaridan to‘laydi va samolyotda boshqa yo‘lovchilar bilan birga o‘tiradi. Хususan, Halima Yoqub joriy yilning 23 may kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekiston (Toshkent)ga kelganda UzAirways‘ning doimiy reysida yetib kelgan. Samarqandga ham poyezdda borgan. Eng hayratlanarlisi, Singapur sobiq prezidenti Halima Yoqub turmush o‘rtog‘i Muhammad Abdulla Alhabshi bilan O‘zbekiston poytaxtidagi restoranlardan biriga tashrif buyurgan. Ular u yerda O‘zbekiston rasmiy vakillari ishtirokisiz kechki ovqat tanovul qilgan, musiqachilar bilan suratga tushgan. Mehmonlar kitobiga esa: “Ajoyib kechki ovqat, musiqa va atmosfera uchun rahmat. Bizga kechki ovqat juda yoqdi”, — degan yozuv qoldirgan.

 

 

Ayni paytda 68 yoshda bo‘lgan Halima Yoqub karyera bilan bir qatorda, oilaviy hayotini ham yaxshi izga solgan. Talabalik davrida Muhammad Abdulla Al Hashbi ismli insonga turmushga chiqqan va bugungi kunda ular besh farzandning ota-onasi.

 

Asl kasbi iqtisodchi Prezident

 

Mayya Sandu Moldovaning amaldagi prezidenti. U ham Halima Yoqubdek mamlakat tarixidagi ilk ayol prezident hisoblanadi. Mayya Sandu mamlakatning shimoli-g‘arbiy qismidagi Ruminiya bilan chegaradosh Moldova Falest tumanidagi qishloqlardan birida tug‘ilgan. Onasi maktabda o‘qituvchi, otasi esa veterinar bo‘lgan. Oddiy qishloq qizi OLiy taʼlimni iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha o‘qib, keyinchalik G‘arb davlatlaridagi nufuzli oliygohlarda ham tahsil olgan.

 

U faoliyatini 1994 yilda Moldova Iqtisodiyot vazirligining tashqi iqtisodiy munosabatlar departamentida bosh mutaxassis lavozimidan boshlagan. 1996 yilda esa Iqtisodiyot vazirligi bosh boshqarmasi rahbarining maslahatchisi va tez orada amalda o‘rinbosari bo‘lgan. Shuningdek, Jahon bankining Moldovadagi vakolatxonasida maslahatchi, so‘ngra iqtisodchi lavozimida ishlagan.

 

 

2016 yilda ilk marta Moldova prezidenti saylovida o‘z nomzodini ko‘rsatadi. O‘sha paytda Sandu mamlakatning o‘ng-markaz muxolifat kuchlaridan yagona nomzod bo‘lgan va 38,71 foiz ovoz bilan ikkinchi turga chiqib, ikkinchi o‘rinni egallagan. 2020 yil 15 noyabrda bo‘lgan Moldova Respublikasi prezidentligiga nomzodini qayta qo‘yadi va g‘alaba qozonadi. 

 

 

Mayya Sandu hozir 51 yoshda. U turmushga chiqmagan. U Kishinevda taxminan 70 kvadrat metr bo‘lgan ikki xonali uyda yashaydi.

 

 

U prezidentlikka saylanmasidan avval OAVga bergan intervyusida davlat pullarini turar-joylarga sarflamasligini aytgan. 

 

U ilk rasmiy tashrif bilan Ukrainaga o‘zining shaxsiy avtomobilida borgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Oddiy, kamtar va hashamatsiz hayot — “o‘zga sayyoradan kelgan” prezidentlar | Zamon.uz