Rossiya va KXDR hamkorligi butun dunyo uchun tahdid—Blinken
AQSH davlat kotibi Kim Chen Inning Moskvaga tashrifi haqida gapirdi.

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya va KXDR o‘rtasidagi harbiy hamkorlik butun dunyo uchun xavf tug‘dirayotganini aytdi.
“Biz Rossiya–Shimoliy Koreya harbiy hamkorligi global tinchlik va xavfsizlikka tahdid solayotganini ko‘ryapmiz”, — dedi u.
Blinken Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning Rossiyaga so‘nggi tashrifiga ham to‘xtalib o‘tdi.
“Yaqinda uchirilgan raketalardan tashqari KXDR tomonidan kengroq xavfsizlik tahdidlari Kim Chen Inning shu oy Moskvaga tashrifi bilan yaqqol namoyon bo‘ldi”, — deydi davlat kotibi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya bilan bog‘liq holda uskunalar, taʼminot, texnologiyani astoydil qidirmoqda. KXDR esa raketa dasturlarini kuchaytirish va rivojlantirish uchun yordam izlamoqda.







