Ukraina Yevroittifoqqa qachon qo‘shiladi?
Keyingi oyda mamlakatning ittifoqqa aʼzoligi bo‘yicha muzokaralar boshlanishi kutilyapti.

Kelgusi oydayoq Yevrokomissiya Ukrainaning Yevroittifoqga kirishi bo‘yicha jiddiy muzokaralarni boshlashi mumkin. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Ukrainaning YEI tomon yo‘li qanchalik uzoq bo‘lmasin, muzokaralar tez orada boshlanadi.
“Muzokaralarning boshlanishi yaxshi, chunki bu vaqt davomida Ukraina Yevropa fondlariga qo‘shilish hamda iqtisodiy rivojlanish uchun kredit va grantlar olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Darhaqiqat, kelasi yildan boshlab Ukraina Yevropa Ittifoqidan pul olishi mumkin bo‘ladi”, - deydi Ukraina tahliliy markazi prezidenti.
Muzokaralarni boshlash uchun Yevrokomissiya oraliq qadamlar sifatida baʼzi ustuvor sohalarda, jumladan, korrupsiyada kerakli natijalar talab qiladi. Yevropa Komissiyasi o‘z tavsiyasini ommaga eʼlon qilgandan so‘ng Yevropa Ittifoqi rahbarlari buni dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan yuqori darajadagi yig‘ilishda tasdiqlashlari kerak.
Ushbu bosqichdan o‘tgandan so‘ng Ukraina 30 dan ortiq sohalarda, jumladan, qonun ustuvorligi va iqtisodiyotda islohotlarni yakunlaydi, Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga muvofiqlashtirish bo‘yicha uzoq davom etadigan jarayonni boshlaydi.
Shu bilan birga, Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen Ukrainaning ittifoqqa aʼzo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlagan. Uning taʼkidlashicha, Ukraina albatta Yevropa Ittifoqiga aʼzo bo‘ladi. Lekin bu mamlakatning tayyorgarligiga yaʼni islohotlarni amalga oshirishiga bog‘liq. Baʼzi ekspertlarning fikriga ko‘ra, aynan shu nuqtani amalga oshirish bilan muammolar paydo bo‘lishi mumkin.
Hech kim hech qachon mamlakat elitasi ishtirok etgan siyosiy va korrupsion sxemalarni oshkor etmaydi, shuning uchun baʼzi bir shov-shuvli ishlar Yevropa Ittifoqiga kirish uchun majburiy qurbonlikka o‘xshaydi.
Shuningdek, bu talabni bajarishda ham muayyan yutuqlarga erishilmoqda. Bundan tashqari, hukumat korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yana bir muhim qadam tashladi – 2023–2025 yillarga mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyi oxirida Ukraina aʼzolik bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun zarur bo‘lgan yetti shartdan ikkitasini to‘liq bajargan. Gap sud-huquq islohoti va ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonun haqida ketmoqda. Ukraina hali bajarishi kerak bo‘lgan shartlar orasida Konstitutsiyaviy sudni, huquqni muhofaza qilish organlarini isloh qilish, pul yuvishga qarshi kurash choralari, oligarxlar ishtahasini jilovlash va milliy ozchiliklar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlarni qabul qilish kiradi.
Shunday qilib, Ukraina doimiy ravishda talablarni bajarish va Yevropa Ittifoqiga mos kelmaydigan narsalarni tuzatish ustida ishlamoqda. Muzokaralarning boshlanishi bu Ukrainaning Ittifoqqa aʼzo bo‘lishi tez orada amalga oshirilishini anglatmaydi.
Yevropa Ittifoqining o‘zi, o‘n yildan ko‘proq vaqt talab qilishi mumkin bo‘lgan murakkab aʼzolik mezonlarini qisqartiradigan tezkor yo‘l yo‘qligini aytadi. Masalan, Xorvatiya blokka qo‘shilgan oxirgi davlat bo‘ldi va 2013 yilda rasman qabul qilinishidan oldin uning arizasi 10 yil davomida ko‘rib chiqilgan. Baʼzi davlatlar ariza berilgan kundan boshlab 8-12 yil ichida to‘liq aʼzolikka ega bo‘lishgan. Albaniya va Shimoliy Makedoniya ham 2009 va 2004 yildan beri nomzod maqomida. Chernogoriya 10 yildan ortiq vaqtdan beri YEIga kirish bo‘yicha muzokaralar bosqichida.
Shunga ko‘ra, Ukraina 2030 yilgacha Ittifoqqa qo‘shilsa ham, bu mamlakat uchun yaxshi natija bo‘ladi. Shunday qilib, YEIga kirish tezligi bo‘yicha rekord Shvetsiya va Finlyandiyaga tegishli – mos ravishda 3,5 va 3 yil. Biroq ariza topshirishdan oldin ham bu mamlakatlar YEIga qo‘shilish uchun ko‘plab mezonlarga javob berishdi va hatto turmush darajasi bo‘yicha ko‘plab Yevropa Ittifoqi davlatlaridan o‘zib ketishdi.
Ittifoqdagi ayrim davlatlar Ukrainaning YEIga kirish jarayonini sekinlashtirishi mumkin. Shuni hisobga olgan holda muzokaralar jarayoni uzoq davom etishi mumkin, chunki Yevropa Ittifoqining barcha aʼzolarining roziligi zarur. Agar hech bo‘lmaganda Ittifoqining bir aʼzosi bunga qarshi bo‘lsa ham Ukraina YEIga qabul qilinmaydi. Shunday ekan, Ukrainaga Yevropa Ittifoqining to‘laqonli aʼzosi bo‘lish uchun kamida 3 yil, katta ehtimol bilan 5-7 yil kerak bo‘ladi.







