Jahon

Bennu asteroididan tuproq olib ketayotgan kapsula Yerga qo‘ndi

NASA mutaxassislari uni Yer uchun eng xavfli asteroid deb hisoblamoqda.

Bennu asteroididan tuproq olib ketayotgan kapsula Yerga qo‘ndi

 

AQSH Milliy aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA)ning xabar berishicha, 24-sentabr kuni ertalab soat 10:52 da Bennu asteroidi yuzasidan olingan tuproq namunalari bo‘lgan kapsula Amerikaning Yuta shtatiga qo‘ndi. Kapsula 3,86 milliard milya yo‘l bosib kelgan.

 

Issiqlikka chidamli qobiq bilan himoyalangan, og‘irligi taxminan 46 kg va diametri taxminan 81 sm bo‘lgan kapsula kutilganidan uch daqiqa oldin qo‘ndi. So‘nggi 13 daqiqada u Yer atmosferasi bo‘ylab 44 000 km/soat tezlikda uchgan. Bir necha soat oldin u OSIRIS-REx zondi tomonidan taxminan 102 ming kilometr balandlikdan Yerga tushirildi. NASA hisob-kitoblariga ko‘ra, kapsulada 2020-yil oktabr oyida asteroiddan yig‘ilgan taxminan 250 gramm tosh bor. Endi bu namunalar tadqiqot uchun NASA‘ning Hyustondagi (Texas) laboratoriyalariga yetkaziladi. 200 ga yaqin olim 60 xil usul yordamida tadqiqot olib boradi. 

 

Maʼlumot o‘rnida: Diametri 550 metr bo‘lgan Bennu asteroidi orbitasining Yerga yaqinligi, asteroid o‘lchami va unda borligi taxmin qilinayotgan materiallar tufayli tanlangan. NASA mutaxassislari uni Yer uchun eng xavfli asteroid deb hisoblamoqda. Ehtimol, yaqin 150 yil ichida asteroid Yerga yaqinlashishi mumkin. 2016-yil sentabrida og‘irligi 2100 kg va uzunligi 6 metr bo‘lgan OSIRIS-REx uchuvchisiz kosmik apparati Kanaveral burnidan uchirildi, u 2018-yil dekabrida samoviy jismga yetib kelgan. Shundan so‘ng sirtni xaritalash, namuna olish joylarini tanlash boshlandi. NASA 2020-yil oktyabr oyi oxirida Bennu asteroidida chang va tuproq namunalari muvaffaqiyatli olinganini eʼlon qildi. 

 

Bennu asteroididan olingan tuproq Amerikaning “Apollon” dasturidan keyin koinotdan Yerga olib kelingan eng yirik namuna ekaniga ishoniladi. Olimlar quyosh tizimining 4,5 milliard yil avval paydo bo‘lishi haqida yangi maʼlumotlarni taqdim etishga umid qilmoqda. Loyiha qiymati taxminan 800 million dollarni (750 million yevro) tashkil etadi. 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Bennu asteroididan tuproq olib ketayotgan kapsula Yerga qo‘ndi | Zamon.uz