AQSH Putinni Osiyo — Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitiga taklif qilmaydi
Bu haqda Rossiya TIV elchisi maʼlum qildi.

AQSH Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH) sammitiga taklif qilmaslikka qaror qildi. Bu haqda Rossiya TIV elchisi Marat Berdiyev maʼlum qildi.
Avvalroq prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Putinning OTIH sammitiga taklifini kutishi dargumon, Moskva hozircha ishtirok etishi mumkin bo‘lgan qarorlar qabul qilmaganini aytgandi.
"Qo‘shma Shtatlar ikki tomonlama kanallar orqali bizga bu yil bir qator yetakchilarni taklif qilmoqchi emasligini maʼlum qildi, chunki ularga nisbatan sanksiyalar qo‘llaniladi", — dedi Berdiyev.
Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tomoni Vashington bilan tadbir mezboni sifatida o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun hamkorlikni davom ettirmoqda.
"Men, Rossiya Federatsiyasining yuqori lavozimli amaldori sifatida, ular bilan faol muloqot qildim va yana bir bor Rossiya rahbariga taklifnoma yuborishni so‘rab murojaat qildim", — deya qo‘shimcha qildi u.
Berdiyev bu holatni “afsuslanarli” deb atadi va AQSHning Putinni Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitiga taklif qilmaslik haqidagi qarori “Amerika tomonining yomon niyati” va “ko‘p tomonlama iqtisodiy hamkorlik masalalariga qarama-qarshilik yondashuvining davom etayotganini ko‘rsatishi, sof iqtisodiy forumni siyosiylashtirish", deya qayd etdi.







