Indoneziyada yonilg‘idan foydalanadigan transportlar harakati taqiqlanmoqda
Poytaxt Nusantara ekologik toza shaharga aylantiriladi.

Indoneziyaning yangi poytaxti Nusantarada ekologik toza transportdan tashqari barcha transport vositalari taqiqlanadi.
“Hamma narsa ekologik toza va yashil bo‘lishi kerak, poytaxtda yoqilg‘idan foydalanadigan transport vositalari bo‘lmasligi kerak. Biz hammamiz ekologik toza transport vositalaridan foydalanamiz”, — dedi Antara maʼmuriyat rahbari Bambang Susantonon.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ekologik toza taʼrifga zararli chiqindilarni kamaytiradigan elektr, vodorod va boshqa transport vositalari kiradi.
Indoneziya prezidenti 2019 yilda poytaxtni Jakartadan ko‘chirish rejalarini maʼlum qildi. Dastlab metropol Kalimantan orolida 2024 yilgacha paydo bo‘lishi rejalashtirilgan edi. Bu maqsadlar uchun qariyb 32 milliard dollar ajratilgan bo‘lsada, koronavirus pandemiyasi tufayli loyiha to‘xtatilgan. Yanvar oyi o‘rtalarida davlat rahbari yangi poytaxt Nusantara (“arxipelag” maʼnosida) deb nomlanishini eʼlon qildi.







