Jahon

Sadir Japarov: Kampirobod O‘zbekistonniki

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Andijon suv omboridan Farg‘onaga suv quvuri tortilishi haqidagi xabarga izoh berdi.

Sadir Japarov: Kampirobod O‘zbekistonniki

 

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston Andijon (Kampirobod) suv omboridan Farg‘onaga ichimlik suvi yetkazib berish niyatida ekani haqidagi maʼlumotga izoh berdi.

 

Farg‘ona viloyati hokimligi va Xitoyning«Sinomach» xoldingi Andijon suv omboridan Farg‘onaga suv quvuri yotqizish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.

 

Japarovning fikricha, O‘zbekiston suv omboridan qanday qilib suv olishni rejalashtirayotganining farqi yo‘q. Uning taʼkidlashicha, qirg‘iz tomoni suv omborining faqat o‘ndan bir qismidan foydalanadi, garchi manbani har ikki davlat boshqarsada.

 

«O‘zbek tomoni ularga oqib kelayotgan suvni qanday qilib olishining nima farqi bor: ariq, quvurlar yoki osmon orqalimi? Barcha harakatlar davlatlar o‘rtasida muvofiqlashtiriladi», — dedi u.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, OAV Kampirobod suv ombori avvallari Qirg‘izistonga tegishli bo‘lgan, deb xato yozgan.

 

«Kampirobod qadimdan to‘liq O‘zbekiston tasarrufida. O‘tgan yili chegara bilan birgalikda suv ombori masalasini hal qildik. Endi kelishuvga ko‘ra, biz uni 50/50 ga boshqaramiz, Qirg‘iziston Kampirobod suvining atigi 10 foizidan foydalanadi. Qolganlari esa 100 yildan beri O‘zbekistonga oqib ketmoqda», — dedi Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Sadir Japarov: Kampirobod O‘zbekistonniki | Zamon.uz