Jahon

Sud Donald Trampni firibgarlikda aybdor deb topdi

Sud qaroriga ko‘ra, sobiq prezident moliyaviy hisobotlarida o‘z boyligini yiliga milliardlab dollarga bo‘rttirib ko‘rsatganligi uchun javobgardir.

Sud Donald Trampni firibgarlikda aybdor deb topdi

 

Nyu-York shtat sudi AQSH sobiq prezidentini kreditlar va sug‘urta mablag‘larini noqonuniy tejash maqsadida o‘zining Trump Organization oilaviy xolding kompaniyasi aktivlarini qasddan oshirib ko‘rsatganlikda aybdor deb topdi. 

 

Sud hujjatlariga ko‘ra, 2011 va 2021 yillar oralig‘ida Trump Organization oilaviy xoldingi «kredit va sug‘urtaning qulay shartlarini taʼminlash yoki saqlab qolish uchun» o‘z aktivlari qiymatini milliardlab dollarga oshirib ko‘rsatgan. Bunday firibgarlik ayblanuvchilarga «noqonuniy jamg‘armalar va noqonuniy daromadlar evaziga yuzlab million dollarni» qo‘lga kiritishga imkon berdi, deyiladi hujjatda.

 

Bosh prokuror Letitsiya Jeyms Tramp uchun 250 million dollar jarima so‘ragan. Sobiq davlat rahbari ushbu fuqarolik daʼvosi bo‘yicha qamoq jazosiga mahkum etilmaydi. Trampning o‘zi unga qo‘yilgan barcha ayblovlarni siyosiy sababga ega va 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishiga to‘sqinlik qilishga qaratilgan deb atadi. 

 

Donald Trampning mudofaa guruhi firibgarlik ayblovlarini rad etib, prokurorning daʼvosida siyosiy motiv borligini aytdi.

 

Prokuror, o‘z navbatida, Tramp va uning sheriklari kredit va sug‘urta bo‘yicha yaxshiroq shartlarni olish uchun moliyaviy hisobotlarni soxtalashtirganini taʼkidladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Sud Donald Trampni firibgarlikda aybdor deb topdi | Zamon.uz