Jahon

2024-yil 1-yanvardan tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ o‘z faoliyatini to‘xtatadi

Bunga nima sabab bo‘lgan?

2024-yil 1-yanvardan tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ o‘z faoliyatini to‘xtatadi

 

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi (TQR) tugatish haqida qaror qabul qilindi.

 

Qarorni tan olinmagan respublika rahbari Samvel Shaxramanyan imzoladi. Unga ko‘ra, TQR 2024 yil 1 yanvardan tugatiladi. 

 

Barcha davlat idoralari tarqatib yuboriladi, Qorabog‘ hududi to‘liq Ozarbayjon nazoratiga qaytdi.

 

Maʼlumot o‘rnida, 19-sentyabr kuni Ozarbayjon Qorabog‘da «konstitutsion rejimni tiklash» maqsadida «mahalliy xarakterdagi aksilterror tadbirlar» boshlanganini eʼlon qilgandi. 2020 yildagi urushdan keyin hududga joylashtirilgan rossiyalik tinchlikparvar kuchlar bunga to‘sqinlik qila olmadi.

 

Ikki kunlik harbiy harakatlardan keyin Tog‘li Qorabog‘ hukumati armiyasini to‘liq qurolsizlantirish va arman harbiy texnikalari hududdan olib ketilishiga rozi bo‘lib, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Harbiy harakatlar oqibatida Tog‘li Qorabog‘dagi arman harbiylarining mingdan ortig‘i, Ozarbayjon qurolli kuchlaridan esa 200 ga yaqin kishi halok bo‘lgan. Ozarbayjon hukumati Qorabog‘da qoladigan armanlarga hech qanday tahdid yo‘qligini kafolatlamoqda. Lekin Qorabog‘dagi va Armanistondagi armanlar bunga ishonishmayapti.

 

Yerevandagilarning maʼlum qilishicha, o‘tgan vaqt ichida Tog‘li Qorabog‘da yashab kelgan 120 mingga yaqin etnik armanlardan kamida 47,1 ming kishi allaqachon Armaniston hududiga o‘tgani haqida maʼlum qilgan.

 

Odamlar va ularning uy-ro‘zg‘or buyumlari bilan to‘lib-toshgan yuzlab avtomobillar, yuk mashinalari hamda avtobuslar Ozarbayjondan olib keluvchi tog‘li yo‘llar orqali Armaniston tomon harakatlanishda davom etmoqda.

 

24-sentabrdan boshlab Tog‘li Qorabog‘ aholisi hududni tark eta boshladi. Armaniston hukumati payshanba kuni “65 ming 36 nafar majburan ko‘chirilganlar Armaniston hududiga kirganini” ma’lum qildi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Togʻli Qorabogʻda 120 mingga yaqin arman istiqomat qilgan. 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

2024-yil 1-yanvardan tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ o‘z faoliyatini to‘xtatadi | Zamon.uz