Ganira Pashayeva vafot etdi
Ozarbayjon Milliy Majlis Madaniyat qo‘mitasi raisiga kelib chiqishi noma’lum gipotonik xastalik tashxisi qo‘yilgandi.

Ozarbayjon Milliy Majlis Madaniyat qo‘mitasi raisi, deputat bugun o‘zi davolanayotgan Markaziy klinik shifoxonaning jonlantirish bo‘limida olamdan o‘tdi.
Bu haqda deputatning oila a’zolari “Report” ga bergan bayonotida ma’lum qilishdi.
Kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan gipotonik xastalik tashxisi qo‘yilgan Ganira Pashayeva og‘ir ahvoli tufayli Markaziy klinik shifoxona tibbiyot xodimlari va Turkiyadan kelgan tibbiyot mutaxassislari tomonidan ko‘rilgan barcha choralarga qaramay, hayotdan ko‘z yumdi.
Deputat 23 sentyabrdan boshlab sog‘lig‘idagi jiddiy muammolar tufayli Markaziy klinik shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Pashayeva Ganira Alasgar 1975 yilda tug‘ilgan. Ozarbayjon davlat tibbiyot universitetining pediatriya fakultetini va Boku davlat universitetining xalqaro huquq fakultetini tamomlagan. 1998 yildan ANS telekompaniyasida muxbir, muharrir, yetakchi muharrir, bosh muharrir, bosh muharrir o‘rinbosari, yangiliklar bo‘limi bosh muharriri o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan. Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisining 3, 4, 5 va 6-chaqiriqlari deputati bo‘lgan. Ayni paytda Milliy Majlisning Madaniyat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.







