Gretsiyani yana suv bosdi
Kuchli yomg‘ir vaqtida Volos hududining katta qismi elektr taʼminotisiz qolgan, mahalliy shifoxona ham suv ostida qolgan.

Gretsiyaning Tesalya (Fessaliya) hududida to‘xtovsiz yomg‘ir tufayli yana suv toshqini sodir bo‘ldi.
Xususan, mamlakatning Volos, Pelion, Larisa va Farsala kabi hududlarida kuchli suv toshqinlari kuzatildi.
Turar-joy binolari, idoralar, qishloq xo‘jaligi yerlari va yo‘llar suv ostida qolgan. Ko‘chki tufayli ko‘plab yo‘llar yopilgan.


Kuchli yomg‘ir vaqtida Volos hududining katta qismi elektr taʼminotisiz qolgan, mahalliy shifoxona ham suv ostida qolgan.
Fuqarolik mudofaasi departamenti Volos aholisiga mobil telefon orqali shoshilinch xabar yuborgan va fuqarolardan ko‘chaga chiqmaslik so‘ralgan.







