Iroqdagi to‘yda yana fojia yuz berdi
Bu gal yuzlab odamlar ovqatdan zaharlandi.

Iroqning Kirkuk viloyatida bo‘lgan to‘yda ommaviy ovqatdan zaharlanish sodir bo‘ldi. 262 kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Politsiya uch kishini hibsga olgan. Ular mehmonlarni zaharlashda ishtirok etganlikda ayblanmoqda. Voqea yuzasidan maxsus komissiya tergov olib bormoqda. Jurnalistlarning fikricha, ommaviy zaharlanishga muddati o‘tgan oziq-ovqat sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Iroqdagi to‘yda yong‘in bo‘lgandi. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa qurbonlari soni 100 nafardan oshgan, 150 dan ortiq kishi jarohatlangan.







