NATO rahbari kutilmaganga Kiyevga tashrif buyurdi
Ukraina prezidenti Yens Stoltenberg bilan muzokaralar chog‘ida NATOni yaqinlashib kelayotgan qish sharoitida energetika infratuzilmasini himoya qila olish uchun mamlakat havo mudofaasini kuchaytirishga yordam berishga chaqirdi.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg 28-sentabr kuni eʼlon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga keldi va u yerda Ukraina prezidenti Vlodimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Muzokaralar chog‘ida Ukraina rahbari NATOni yaqinlashib kelayotgan qish sharoitida Ukrainaning energetika infratuzilmasini himoya qila olishi uchun mamlakat havo mudofaasini kuchaytirishga yordam berishga chaqirdi.
NATO bosh kotibi hamkor davlatlardan bunday taʼminotni ko‘paytirish uchun harakat qilishga vaʼda berdi.
"Biz energetika infratuzilmamiz va fuqarolarimiz hayotini himoya qilish uchun qishdan birga o‘tishimiz kerak", — dedi Zelenskiy Stoltenberg bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida.







