Amazon shoshilinch yordamga muhtoj
Qurg'oqchilik so'nggi 20 yildagi eng yomon darajaga yetdi.

Qattiq qurg‘oqchilikdan aziyat chekayotgan Braziliyaning Amazonas shtati shoshilinch yordamga muhtoj.
Braziliya hukumati Amazonas shtatiga favqulodda gumanitar yordam jo‘natayotganini e’lon qildi. Ekvatorial Amazon tropik o'rmonining ushbu mintaqasidagi qurg'oqchilik so'nggi 20 yildagi eng yomon ko'rsatkichga yetdi.
Atrof-muhit vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, shtatdagi 62 munitsipalitetdan 56 tasi xavf ostida. Amazonka irmoqlarida suv sathi har kuni 20 santimetrga pasayib bormoqda.
Suvning yetishmasligi minglab baliqlar halokatiga sabab bo‘ladi.
Mutaxassislarning ogohlantirishicha, bu yil qurg'oqchilik uzoqroq va kuchliroq bo'lishi taxmin qilinmoqda.







