Jahon

Germaniyada muzey xodimi rasmlarni soxtasiga almashtirib qo‘ydi

U asil nusxalarni auksionda pullagan.

Germaniyada muzey xodimi rasmlarni soxtasiga almashtirib qo‘ydi

 

Germaniya sudi Myunxendagi muzeyda bir nechta rasmni soxtasiga almashtirgan va asil nusxalarini auksionda sotgan muzey xodimiga hukm o‘qidi. 30 yoshli erkak bir yilu 9 oy muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, u 60 ming yevrodan ortiq tovon puli to‘lashi kerak.

 

Xodim muzeydagi eksponatlar saqlanadigan joyga kirish huquqiga ega bo‘lgan. U Frans fon Stukning “Qirol qurbaqa haqidagi ertak” kartinasini osongina soxta suratga almashtirdi. Shundan so‘ng rasmni katta bobosiga tegishli deb ko‘rsatib, asil nusxasini kimoshdi savdosiga qo‘ydi va Shveytsariyadagi galereyaga 70 ming yevroga sotdi.

 

Shuningdek, u muzey omboridan “Sharob tatib ko‘rish” va “Tog‘larda o‘tin terib yurgan ikki qiz” asarlarini o‘g‘irlagan. Ular uchun jinoyatchi taxminan 12 ming yevro olgan.

 

Bu ishni muzey baholovchisi payqadi, u rasmlardan biri to‘g‘ri o‘lchamda emasligini aniqladi. Muzeyda soxta narsa borligi maʼlum bo‘lgach, mutaxassislar boshqa asarlarni tekshirgan.

 

Muzey xodimi olgan 60 617 yevroni qarzlarini to‘lash va dabdabali hayot kechirish uchun sarflagan. U o‘ziga yangi kvartira, qo‘l soati va hashamatli Britaniya mashinasini sotib olgan.

custom img

Iyul AQSh tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi

Rekord darajadagi issiq 185 milliondan ortiq kishiga ta’sir ko‘rsatgan.

custom img

Kolumbiyadagi zilzila qurbonlari soni 224 kishiga yetdi

Mamlakatda milliy falokat holati e’lon qilinib, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

custom img

Livan o‘lim jazosini bekor qildi

Shu tariqa mamlakat arab dunyosida o‘lim jazosini rasman bekor qilgan birinchi davlatga aylandi.

custom img

Janubiy Afrikaning ayrim hududlarida kuchli qor yog‘di

G‘arbiy Keypdagi tog‘ cho‘qqilari ham qor bilan qoplandi. Mamlakat ob-havo xizmati ayrim hududlarda juda sovuq, yomg‘irli va kuchli shamolli ob-havo kuzatilishi haqida ogohlantirdi.

custom img

Tramp Eron tahdidi sabab Turkiyadan yashirincha harbiy samolyotda uchib ketgan

Tramp Turkiyaga NATO sammitida qatnashish uchun borgandi. Sammit yakunida esa Eron tomonidan unga qarshi suiqasd tahdidi aniqlanib, qaytish rejasi o‘zgartirilgan.

custom img

Bashar Asad o‘lim jazosiga hukm qilindi

Shuningdek Suriya sudi sobiq prezidentning ukasi Maher al-Assad va amakivachchasi, Suriyaning sobiq harbiy amaldori Atef Najibni ham o‘lim jazosiga hukm qildi.

custom img

“U ajoyib” — Tramp FIFA prezidenti Infantinoni qo‘llab-quvvatladi

AQSh prezidenti rahbari Janni Infantinoni lavozimidan almashtirish tashkilot uchun “dahshatli xato” bo‘lishini aytdi.

custom img

Messi otasining vafoti sabab futboldagi faoliyatini vaqtincha to'xtatdi

“Inter Mayami” klubi futbolchiga muddatsiz ta’til bergan, uning jamoaga qaytish sanasi hozircha noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"