Moldova qonunlarni Yevroittifoq standartlariga moslashtirishni boshladi
Mamlakat tashkilotga kirish bo‘yicha muzokaralar boshlanishini kutmoqda.

1 oktyabrdan Moldova mahalliy qonunchilikni Yevropa Ittifoqi standartlariga mos keladigan tarzda qayta ko‘rib chiqishni boshlaydi, yil oxiriga qadar mamlakat tashkilotga kirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni kutmoqda.
2022 yil avgust oyida Yevropa integratsiyasi bo‘yicha Milliy komissiya Moldovaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishini tezlashtirish bo‘yicha Yevropa Komissiyasi tomonidan taklif etilgan 9 ta tavsiyani amalga oshirish rejasini qabul qildi va tasdiqladi. Ushbu reja hukumat va Yevropa Komissiyasi vakillari tomonidan maʼqullandi va qonunlarni Yevropa standartlariga moslashtirishni o‘z ichiga olgan har bir tavsiya uchun amalga oshirish muddatlari belgilandi.
Mamlakat hukumati tomonidan 33 ta ishchi guruh tuzildi, ular o‘zlarining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha mahalliy qonunchilikni o‘rganishlari va milliy qonunlar Yevropa standartlariga mos kelishi uchun o‘zgartirishlar loyihalarini tayyorlashlari kerak edi. 1 oktyabrdan amaliyotga o‘tish boshlanadi.
Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlari 23 iyun kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan sammitda Ukraina va Moldovaga ittifoqqa qo‘shilish uchun nomzod maqomi berilishini maʼqullagan edi.







