Jahon

Ozarbayjon Gaaga sudida Armanistonning daʼvosiga javob berdi

Ozarbayjon tomoni Armanistonni irqiy nafrat uyg‘otganlikda aybladi.

Ozarbayjon Gaaga sudida Armanistonning daʼvosiga javob berdi

 

Ozarbayjon Armanistonni Gaagadagi BMT sudida ochilgan daʼvo tufayli nafrat uyg‘otganlikda aybladi. Bu haqda Ozarbayjon tashqi ishlar vazirligi spikeri Ayxan Hojizoda maʼlum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ozarbayjonliklarga nisbatan irqiy nafrat uyg‘otishga qaratilgan bu sud jarayonlari mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas. Bu, shuningdek, Armaniston Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va suverenitetiga tajovuz qilishga urinishlaridan voz kechmayotganini bildiradi.

 

"Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi misolida bo‘lgani kabi, Armaniston o‘zining makkor siyosiy dasturini amalga oshirish uchun Xalqaro Sudni suiisteʼmol qilmoqda. Armaniston joriy yilning o‘zida uchinchi marta sudga murojaat qilmoqda. Biz shuni taʼkidlaymizki, Armaniston tomonidan yanvar va may oyida berilgan arizalar sudyalar tomonidan bir ovozdan rad etilgan. Ozarbayjon tomoni Armanistonning asossiz daʼvolariga izchil javoblarni aks ettiruvchi pozitsiyani taqdim etadi", - deyiladi TIV bayonotida.

 

Shanba kuni Armaniston Ozarbayjonga qarshi irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyani buzganlikda hamda Tog‘li Qorabog‘dagi armanlarning huquqlarini poymol qilishda ayblab, Xalqaro sudga daʼvo qilgani maʼlum bo‘lgan edi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ozarbayjon Gaaga sudida Armanistonning daʼvosiga javob berdi | Zamon.uz