Turkiyada terakt sodir etildi
Anqarada terrorchilardan biri o‘zini portlatib yuborgan.

Turkiya Ichki ishlar vazirligi binosi yonida portlash yuz berdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hodisa joyi atrofidagi barcha ko‘chalar to‘sib qo‘yilgan. Turkiya parlamenti va Ichki ishlar vazirligi binolari maxsus kuchlar tomonidan o‘rab olingan.
Rasmiylar portlashni terakt deb baholadi.
"Xudkush-terrorchilardan biri o‘zini portlatib yuborgan, ikkinchisi zararsizlantirilgan", deyiladi xabarda.







