Polsha Germaniyadan tovon undirishga vaʼda berdi
Bu Ikkinchi jahon urushida yetkazilgan zarar bilan bog‘liq.

Polshaning WNP nashriga ko‘ra, hukumat Germaniyadan Ikkinchi jahon urushida yetkazilgan zarar uchun tovon to‘lashni talab qiladi.
Polsha bosh vaziri o‘rinbosari Yaroslav Kachinskiy bu haqda hukmron "Qonun va adolat" partiyasi qurultoyida vaʼda berdi.
"Bu nafaqat moliya masalasi, balki bizning qadr-qimmatimizga ham tegishli. Boshqalarga pul to‘lashganda, nega polyaklarga bunday qilishmaydi? Buning uchun kurashishimiz kerak", — deya taʼkidladi u.







