Eron yangi uchuvchisiz dron yaratdi
U elektron urush tizimi bilan jihozlangan.

Eron Qurolli Kuchlari elektron urush tizimi bilan jihozlangan va barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan Kamaan-19 nomli yangi uchuvchisiz uchish apparatini taqdim etdi.
"Kamaan-19 PUA birinchi marta qurolli kuchlar safiga kirdi. U jangovar missiyani bajardi va bortdagi radar stansiyalari signallarini bostirib, elektron urush operatsiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirdi", - deyiladi Eron Qurolli kuchlari bayonotida.







