Jahon

"Tog‘li Qorabog‘da tinch aholiga nisbatan hech qanday qoidabuzarlik aniqlamadi"

BMT missiyasi hududdagi holat bo‘yicha maʼlumot berdi.

"Tog‘li Qorabog‘da tinch aholiga nisbatan hech qanday qoidabuzarlik aniqlamadi"

 

Tog‘li Qorabog‘ga borgan BMT guruhi tinch aholiga nisbatan hech qanday qoidabuzarlik yoki fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetkazilganini aniqlamadi.

 

1 oktyabr, yakshanba kuni tashkilot vakillari Ozarbayjon kuchlari etnik armanlar yashovchi Qorabog‘ni nazorat ostiga olganidan bir necha hafta o‘tib Xankendi (Stepanakert) shahriga tashrif buyurgan.

 

Armanistonning Ozarbayjon tomonidan mintaqadagi etnik tozalashga oid bayonotlariga qaramay, Boku bunday harakatlarni rad etadi. Ozarbayjon hukumati mahalliy arman aholisining Qorabog‘ni tark etmasligidan manfaatdor ekanini daʼvo qilmoqda.

 

BMT missiyasi vaziyatni joyida baholash, qolganlar va ko‘chib kelganlarning gumanitar ehtiyojlarini aniqlashni maqsad qilgan.

 

Taʼkidlanishicha, Qorabog‘ga tashrif buyurgan guruh tinch aholiga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga duch kelmagan, shuningdek, “qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi vayron bo‘lganini yoki o‘lgan hayvonlarni payqamagan”.

 

Eslatib o‘tamiz, 19 sentyabr kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘da “konstitutsiyaviy tuzumni tiklash” uchun “aksilterror tadbirlari” o‘tkazilishini eʼlon qilgandi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

"Tog‘li Qorabog‘da tinch aholiga nisbatan hech qanday qoidabuzarlik aniqlamadi" | Zamon.uz