Angliya maktablarida telefonlardan foydalanishni taqiqlash tavsiya etiladi
Angliyadagi maktab o‘quvchilarining taxminan 3/1 qismi dars paytida mobil telefondan foydalanadi.

Buyuk Britaniya taʼlim vaziri Djillian Kigan Angliya maktablarida mobil telefonlarni taqiqlashni maslahat berdi.
"Ushbu chora-tadbirlar buzg‘unchi xulq-atvor va onlayn bezorilikka qarshi kurashga hissa qo‘shadi. Shuningdek, o‘quvchilar eʼtiborini oshiradi”, — deyiladi Buyuk Britaniya taʼlim vazirligi bayonotida.
Kun davomida, hatto tanaffus paytida ham mobil telefonlardan foydalanishni taqiqlash tavsiya etiladi.
Agar maktab ushbu talabga javob bermasa, hukumat kelgusida majburiy qonunchilik aktini qabul qilishni ko‘rib chiqadi.
Britaniya Taʼlim vazirligi allaqachon Fransiya, Italiya va Portugaliya maktablarida mobil telefonlardan foydalanishni taqiqlagan bo‘lsa, BMT maktablarda smartfonlardan foydalanish xavfi haqida ogohlantirgan.
Britaniya hukumati maʼlumotlariga ko‘ra, Angliyadagi maktab o‘quvchilarining taxminan uchdan bir qismi (29%) dars paytida mobil telefondan foydalanadi.







