Jahon

Germaniya 6 davlat bilan migratsiya muammosi bo‘yicha muzokara olib bormoqda

Ular orasida O‘zbekiston ham bor.

Germaniya 6 davlat bilan migratsiya muammosi bo‘yicha muzokara olib bormoqda

 

Germaniya federal hukumati bir qator davlatlar bilan Germaniyadan noqonuniy migrantlarni vataniga tezda qaytarishni taʼminlaydigan "migratsiya hamkorligi" bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Ayni paytda gap olti davlat haqida bormoqda. Bular — Gurjiston, Moldova, Keniya, Kolumbiya, O‘zbekiston va Qirg‘iziston.

 

Mamlakat IIV vakilining maʼlum qilishicha, Markaziy Osiyoning ikki davlati bilan muzokaralar allaqachon ancha oldinga siljigan. May oyi boshida O‘zbekiston bilan, sentyabr oxirida esa Qirg‘iziston bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangandi. Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, gap noqonuniy muhojirlar sonini kamaytirish va ayni paytda Germaniyaga qonuniy immigratsiya uchun imkoniyatlar yaratish haqida ketmoqda. 

 

Germaniya hukumatining migratsiya kelishuvlari bo‘yicha maxsus komissari Yoaxim Shtamp sentyabr oyida Keniyada muzokaralar olib bordi. 

 

Kolumbiya, Ichki ishlar vazirligi vakilining taʼkidlashicha, bu ro‘yxatga, xususan, mamlakat fuqarolarining boshpana so‘rab yo‘llagan murojaati soni 2018 yildagi 140 tadan 2023 yilning birinchi yarmida 1500 tagacha ko‘paygani tufayli kiritilgan. Uning aniqlik kiritishicha, "Gurjiston va Moldova alohida ustuvorlikka ega, chunki Germaniyada boshpana so‘rash bo‘yicha rad etilgan arizalarning o‘n foizdan ko‘prog‘i faqat shu ikki davlat fuqarolaridan kelib tushgan". Shu tariqa, 2023 yilning yanvaridan avgustigacha Gurjiston fuqarolaridan 7405 ta, Moldovadan 2124 ta murojaat kelib tushdi. Tbilisi va Kishinyov hukumatlari muzokaralarga tayyorligini bildirgan. 

 

Ayni paytda, federal hukumat Hindiston bilan tayyor migratsiya kelishuviga ega. 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Germaniya 6 davlat bilan migratsiya muammosi bo‘yicha muzokara olib bormoqda | Zamon.uz