Jahon

Venetsiyada sayyohlarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi

Avtobus temiryo‘l relslari yonidagi yo‘l o‘tkazgichdan qulab tushgan. YTHda 20 dan ortiq odam halok bo‘lgan, ular orasida bolalar ham bor.

Venetsiyada sayyohlarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi

 

Venetsiyada, Mestre va Marger tumanlarini bog‘lovchi temiryo‘l relslari yaqinida sayyohlarni olib ketayotgan avtobus yo‘l o‘tkazgichdan qulab tushdi va yonib ketdi. Italiyaning Corriere della Sera gazetasining xabar berishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasida kamida 21 kishi, jumladan, uch nafar bola halok bo‘lgan. 15 kishi jabrlangan, ulardan to‘rt nafari bolalar, besh nafar yaradorning ahvoli juda og‘ir.

 

Nashrning yozishicha, avtobusda boshqa yo‘lovchilardan tashqari bir guruh ukrainaliklar va bir necha Germaniya fuqarolari ketayotgan bo‘lgan. Qurbonlar orasida besh nafar Ukraina fuqarosi, bir nemis, bir xorvat, bir fransuz va italiyalik haydovchi bor. 

 

Fojia sodir bo‘lgan joyga shaxsan tashrif buyurgan Venetsiya meri Luiji Brunyaro voqea sodir bo‘lgan joydan, yon tomonida yotgan avtobusdan qora tutun bulutlari ko‘tarilayotgani aks etgan kadrlarni «qiyomat manzarasi» deb atadi. YTH qurbonlari xotirasiga Venetsiyada motam eʼlon qilindi. 

 

Italiya hukumati qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi . Xususan, Venetsiya meri Luiji Brunyaroga Italiya prezidenti Serjio Mattarella va mamlakat bosh vaziri Jorja Meloni qo‘ng‘iroq qilgan.

 

"Men va butun hukumat Mestredagi jiddiy yo‘l-transport hodisasi uchun chuqur hamdardlik bildiramiz. Bizning fikrimiz qurbonlar, ularning oila aʼzolari va yaqinlari bilan", — degan Meloni. 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Venetsiyada sayyohlarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi | Zamon.uz