Bu yil qishda ham anomal sovuq bo‘lishi mumkin
Joriy yilning yanvarida sovuq antisiklonning chuqurroq kirib kelishi tufayli harorat -17°C -22°C gacha pasaygan edi.

2023-2024 yil qish mavsumida 2023 yil yanvardagi kabi juda past darajadagi anomal sovuq harorat kutilmalari mavjud emas.
Ammo bir holatda bo‘lsa ham shimoldan rivojlangan sovuq atisiklonlarning mintaqaga kirib kelishida respublikaning katta qismida haroratlarning -7°S -12°S gacha, shimolda -17°S -22°S sovuqlikka pasayish to‘lqinlari vujudga kelish ehtimoli borligini aytish mumkin.
Ma’lumot uchun, 2023 yilning yanvarida sovuq antisiklonning respublikaga chuqurroq kirib kelishi fonida respublika katta qismida harorat -17°C -22°C gacha pasaygan edi.







