Yangi tug‘ilgan chaqaloq otishmada halok bo‘ldi
Voqea AQSHda yuz bergan.

Amerikaning Massachusets shtatidagi Xolyok shahrida otishma yuz berdi. Voqea markaziy ko‘chada sodir bo‘lgan. Bir necha kishi, jumladan, homilador ayol yaralangan.
Uning chaqalog‘i esa shoshilinch tug‘ruqdan so‘ng vafot etdi. Homiladorlikning so‘nggi bosqichidagi ayol avtobusda o‘tirgan paytda o‘q ostida qolgan. U og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Tug‘ilgan chaqaloq tibbiy yordamga muhtoj edi, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadi.
Politsiyaning aytishicha, uch kishi o‘rtasida janjal bo‘lib, otishmaga aylangan. Jinoyatga aloqador barcha gumonlanuvchilarning shaxsi aniqlanib, shifoxonalarga yetkazilgan va hibsga olingan.







