Jahon

"Bosh ko‘targanning boshini chopib tashlaymiz"

Qirg‘iziston MXDQ rahbari Kolya Qirg‘izning jinoiy guruhini ogohlantirdi.

"Bosh ko‘targanning boshini chopib tashlaymiz"

 

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Toshiyev To‘qmoq shahrida davlat qo‘mitasi yangi binosi ochilishida qatnashib, jinoyat olami vakillariga navbatdagi murojaat bilan chiqdi. 

 

U avvalroq turli to‘dalarni jinoyatga qarshi kurash haqida ogohlantirganini esladi. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari bu kurash davom etishini maʼlum qildi. Murojaatida u Qamchi Qo‘lboyev atrofidagi odamlarni tilga oldi. 

 

"Men kriminal avtoritet qurshovida bo‘lganlarning barchasiga rasman maʼlum qilaman. Kimki qonunni buzishga, noqonuniy xati-harakatlar qilishga urinsa, qonun doirasida jazolanadi. Qattiq jazolanadi. Agar bitta kriminal bosh ko‘tarsa ham, uning boshini kesib tashlaymiz. Men buni ochiq aytyapman. Shuning uchun yana bir bor eslatib o‘taman. Agar kriminal avtoritetga yaqin bo‘lgan shaxslardan kimdir qonunni buzishga urinsa, biz uni qonun doirasida qattiq jazoga tortamiz", — dedi Toshiyev. 

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, prezident boshchiligidagi jamoa qatʼiy harakat qiladi. 

 

"Muhtaram Sadir Nurg‘o‘jo‘yevich boshchiligidagi siyosiy jamoada mamlakatda qonun o‘rnatish, tartib o‘rnatish uchun barcha siyosiy iroda bor. Biz buni bajaramiz. Kimdir davlat qonunlariga bo‘ysunmasa, o‘z qonunlari, sxema va tartibini ishlab chiqsa, ular qonun doirasida jazolanadi", — dedi Toshiyev. 

 

Joriy yilning 4 oktyabr kuni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan «qonundagi o‘g‘ri» Qamchi Qo‘lboyevni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazildi. Maxsus operatsiya davomida u yo‘q qilindi. Davlat qo‘mitasi Qamcha Qo‘lboyevga nisbatan bir qator jinoiy ishlar bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotganini maʼlum qildi. Tekshiruvlardan biri qarama-qarshi jinoiy guruh boshlig‘i, Du-Chingiz laqabli Chingiz Jumagulovning o‘ldirilishi bilan bog‘liq. 

 

5 oktabr kuni kriminal avtoritet Qamchi Qo‘lboyev o‘zining vatani - Cho‘lpon-Otada dafn qilindi. 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

"Bosh ko‘targanning boshini chopib tashlaymiz" | Zamon.uz