Putin: Prigojinning ishxonasida tintuv o‘tkazilganda 5 kg kokain topilgan
Shuningdek, Putin, aviahalokatda halok bo‘lgan Prigojin va uning hamrohlari jasadlarida granata bo‘laklari topilganini qo‘shimcha qilgan.

Putin Prigojinning samolyot halokatining rasmiy sababini aytdi.
"Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin kecha menga aviahalokatda halok bo‘lganlarning jasadlaridan qo‘l granatalari bo‘laklari topilgani haqida xabar berdi. Samolyotga hech qanday tashqi taʼsir ko‘rsatilmagan. Bu allaqachon aniqlangan — tergov qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan ekspertiza natijasi”, — dedi Putin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, qurbonlar tanasida alkogol va giyohvand moddalar borligi bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilmagan, biroq Prigojinning ishxonasida tintuv o‘tkazilganda 5 kg kokain topilgan.







