Jahon

Tramp AQSHda yangi lavozimni egallashi mumkin

Taklifni bir qator kongressmenlar yuborgan.

Tramp AQSHda yangi lavozimni egallashi mumkin

 

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp agar Respublikachilar partiyasi boshqa nomzod bo‘yicha kelisha olmasa, Vakillar palatasi spikeri lavozimini vaqtincha egallashga tayyorligini aytdi.

 

"Men buni xohlaganim uchun qilmayapman. Ular mendan partiya manfaati uchun qisqa muddatga, kelishuvga kelgunlaricha lavozimni qabul qilishga rozi bo‘lasizmi deb so‘rashdi", dedi Tramp.

 

Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u mamlakat hokimiyat iyerarxiyasidagi uchinchi lavozimni 30, 60 yoki 90 kunlik muddatga - partiyadoshlar uzoqroq muddatga kelishib olmaguncha qabul qilishga rozi.

 

Siyosatchining aniqlik kiritishicha, bu so‘rov uning Kongressdagi ko‘plab “do‘stlari”dan kelgan.

 

Spiker stulini hech qachon Vakillar palatasidan tashqaridagi shaxs egallamagan, ammo qonun bu variantni taqiqlamaydi. Bir qancha kongressmenlar Kevin Makkarti lavozimidan chetlatilganidan keyin bo‘shatilgan lavozimda Trampni ko‘rishni istashlarini allaqachon aytishgan.

 

Spikerlik uchun saylov kelasi haftaga belgilangan va undan bir kun oldin respublikachilar nomzodlarni muhokama qilish uchun yig‘ilish o‘tkazadi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tramp AQSHda yangi lavozimni egallashi mumkin | Zamon.uz