Yevropa davlatlari chegara nazoratini kuchaytirdi
Bunga migratsiyaning katta oqimi sababdir.

Noqonuniy muhojirlar tufayli Yevropa davlatlari chegara nazoratini joriy qilmoqda. Slovakiya Chexiya, Polsha, Avstriya va Germaniya shular jumlasidandir.
Germaniyada chegara nazorati bir hafta oldin joriy qilingan. Bugun Vengriya bilan janubiy chegarada tekshiruvlar boshlandi. Birgina o‘tgan hafta oxirida Polsha-Germaniya chegarasida 60 kishi qo‘lga olingan. Bular Suriya, Afg‘oniston va Eron fuqarolari bo‘lib, mamlakatga noqonuniy kirib kelgan. Polsha Slovakiya bilan chegaradagi temiryo‘l va avtomobil punktlarini nazorat qiladi. Chexiya chegarachilari ham suv yo‘llarini tekshiradi. Xuddi shu choralar Avstriyada ham amal qiladi.
Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, so‘nggi 8 oy ichida Germaniyadan 220 ming kishi boshpana so‘rab murojaat qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 77 foizga ko‘pdir. Chegara nazoratlari qancha vaqt davom etishi hozircha nomaʼlum.







