Lyuksemburg uy-joy inqirozini boshdan kechirmoqda
Mamlakatda yangi turarjoylar qurilishi sekinlashdi.

Lyuksemburg uy-joy inqirozini boshdan kechirmoqda. Mamlakatda yangi uy-joylar qurilishi sekinlashgan va baʼzi loyihalar hatto muzlatilgan. Shu munosabat bilan bozorda cheklangan miqdordagi uylar va kvartiralar mavjud.
Ko‘chmas mulk narxlari faqat o‘sib bormoqda. Bugungi kunda 1 kvadrat metrning narxi 10 ming yevrodan boshlanadi. Bundan tashqari, foiz stavkalarining oshishi tufayli odamlarning uylarni sotib olishga qurbi yetmaydi.
Ijara bozori ham bosim ostida. Gersoglik aholisi hozirgi vaziyatni o‘zgartirish umidida tez-tez norozilik namoyishlariga chiqishmoqda.







