Jahon

Brendlar jangi

Buyuk Britaniyaning EasyJet aviakompaniyasi musiqiy guruhni sudga berdi. Bunga guruh nomidagi “easy” so‘zi sabab.

Brendlar jangi

 

Buyuk Britaniyaning EasyJet aviakompaniyasi musiqiy guruhni sudga berdi. Bunga guruh nomidagi “easy” so‘zi sabab.

 

Easy Life musiqiy guruhi ijtimoiy tarmoqda aviakomrpaniya ularni katta sud mojarosiga tortayotganini eʼlon qildi. Shuningdek, musiqachilar bunday ulkan korporatsiya oldida kuchsiz ekanini ham tan olgan. Shunga qaramay, ular vaziyat ustidan kulishga kuch topmoqda.

 

"Konsertga chipta oldim deb o‘ylab, Tenerifga arzon samolyotda borib qolgan bo‘lsangiz, sizdan uzr so‘raymiz", deyiladi guruh xabarida.

 

Easy Life 2017 yilda paydo bo‘lgan guruh bo‘lib, 2021 va 2022 yillarda chiqarilgan ikki albom Britaniya reytinglarida ikkinchi o‘rinni egallagan.

 

Yil boshida ular moliyaviy qiyinchilik tufayli Shimoliy Amerika bo‘ylab turnesini bekor qildi.

 

Gap shundaki, easyJet‘ga egalik qiluvchi EasyGroup kompaniyasi savdo belgisidan foydalangani uchun qator brendlar bilan sudlashgan.

 

EasyGroup vakili faqatgina kompaniya va uning asoschisi Stelios Xadji-Ioannu bu so‘zga egalik qilishi mumkinligini bildirdi.

 

2014 yilda kompaniya asoschisi Stelios Xadji-Ioannu Netflixni Easy deb nomlangan komedik serial uchun sudga bermoqchi bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, serial nomi Yevropanirg tovar belgilari haqidagi qonunini buzadi.

 

 

Barbi mojarosi

 

1997 yilda Daniyaning Aqua guruhi Barbie Girl qo‘shig‘ini eʼlon qilgan. U zudlik bilan ommalashdi. Ammo bu Mattel kompaniyasi huquqshunoslariga yoqmadi. Kompaniya xuddi shu nomoi plastik qo‘g‘irchoqni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Oradan yarim yil o‘tib Mattel MCA records leyblini sudga berdi.

 

Arizada aytilishicha, kompaniya Barbie nomidan foydalanishga ruxsat bermagan.

 

Ish AQSH appelyatsiya sudigacha yetib bordi. Ammo sudya Aleks Kozinski MCA foydasiga hukm chiqardi. U qo‘shiq parodiya ekani va konstitutsiyaga kiritilgan birinchi o‘zgartirish bilan himoyalanganini aytdi.

 

Mattel ishni AQSH Oliy sudga olib chiqishga urindi, ammo urinishlari besamar ketdi 

 

Ok Go va sud

 

Amerikaning Ok Go rokerlar guruhi ham bir necha oy sudma-sud yugurgan. Ular Post Food oziq-ovqat brendi bilan kurashdi. Mazkur savdo belgisi 2011 yilda Ok Go nomi bilan tez tayyorlanadigan bo‘tqa ishlab chiqarishni boshladi. Guruh 2008 yildan beri bu so‘z birikmasiga egalik qiladi.

 

Guruh bu haqda Post Foods kompaniyasiga maktub yozib ogohlantirdi. Bunga javobran kompaniya musiqiy guruhni sudga berdi.

 

Ammo ikkada taraf suddan oldin mojaroni hal qilishga kelishib oldi. Advokatlar esa Minnesota sudiga oldingi arzani bekor qilishni so‘rab murojaat qildi.

 

Yakunda kompaniya saytidan shu nomdagi mvhsulotini butunlay o‘chirib tashladi. Sud xarajatlarini esa hamma o‘zi to‘ladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Brendlar jangi | Zamon.uz