Fransiya sobiq prezidentiga yangi ayblovlar qo‘yildi
Nikolya Sarkozi Parij sudida so‘roq qilinmoqda.

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkoziga Liviya tomonidan saylovoldi tashviqotini moliyalashtirgani bo‘yicha yangi ayblovlar qo‘yildi.
Manbaga ko‘ra, bu gal sobiq davlat rahbariga ikki xil ayblovlar qo‘yilmoqda: unga qarshi tergov jarayonida guvohga pora berganlik va uyushgan guruh tomonidan firibgarlik uchun jinoiy til biriktirganlik.
Seshanbadan beri Parij sudida Sarkozining so‘roq qilinishi davom etmoqda va unga ayblov qo‘yilgani yangi sud majlisi bo‘lishini anglatadi.
Gap shundaki, Sarkozi Liviya prezidentlik kampaniyasini moliyalashtirganlikda ayblanganda uning vositachisi Ziyod Takiddin o‘z ko‘rsatmalaridan qaytgan. Endi u guvohga bosim o‘tkazganlikda gumon qilinmoqda.
Saylov kampaniyasini moliyalashtirish bo‘yicha sud 2025 yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda siyosatchi “passiv korrupsiya, jinoiy til biriktirish, saylov kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirish va davlat mablag‘larini o‘zlashtirish” aybi bilan sudga tortilishi rejalashtirilgan.







