Misr politsiyasi isroillik sayyohlarga o‘q uzdi
Halok bo‘lganlar va jarohat olganlar bor.

Misrning Iskandariya shahrida politsiya xodimi Isroildan kelgan sayyohlarga qarata o‘q uzdi. Oqibatda ikki isroillik va bir misrlik halok bo‘ldi. Bu haqda Sky News xabar berdi.
Voqea Iskandariyadagi mashhur sayyohlik maskani — Pompey ustuni yaqinida yuz bergan. Hujumda gumonlanuvchi qo‘lga olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Isroil Tashqi ishlar vazirligi hujum haqidagi maʼlumotlarni tekshirmoqda.







