Ozarbayjon Armaniston bilan munosabatlarini yaxshilamoqchi
Tomonlar o‘rtasidagi uchrashuvga Tbilisi mezbonlik qilishi mumkin.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston bilan munosabatlarni normallashtirish uchun Tbilisida yig‘ilish o‘tkazish imkoniyatini maʼlum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 19 sentyabr kuni Ozarbayjon Qorabog‘da harbiy operatsiya boshlagandi, uning maqsadlaridan biri tan olinmagan respublikaning barcha organlarini tarqatib yuborish edi. Oradan bir kun o‘tib, Rossiya tinchlikparvar kuchlari vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi 2024 yil 1 yanvardan o‘z faoliyatini to‘xtatishini maʼlum qildi.
Stepanakert va Boku o‘rtasida mintaqaning Ozarbayjonga qo‘shilishi bo‘yicha bir necha raund muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga, 120 ming aholining yuz mingdan ortig‘i Qorabog‘ni tark etdi.







