"Uyqudagi go‘zal" sindromi haqida eshitganmisiz?
Britaniyalik ayol ushbu kasallikka chalinib, hatto to‘yi kuni ham uxlab qolgan.

Nyukasllik hamshira Bella Andreu 2016 yilda ziyofatda mast bo‘lganidan keyin Kleine-Levin sindromining birinchi epizodini boshdan kechirgan.
Unga o‘tgan oydagina shunday tashxis qo‘yilgan. Ayol konsertlar, do‘stlar bilan uchrashuvlar va hatto o‘zining to‘yi paytida ham uxlab qoladi. Bellaning hisoblab chiqishi bo‘yicha u allaqachon umrining bir yilini yo‘qotgan.
Bella har kuni 20 soat davomida ketma-ket ikki haftagacha uxlashi mumkin.
Kasalxonalardagi ko‘plab shifokorlar bu sindrom haqida hech qachon eshitmagan, hozircha uni davolab bo‘lmaydi.







