BMTning yangi missiyasi Qorabog‘ga yetib keldi
Guruh aksilterror tadbirlaridan keyingi vaziyatni o‘rganadi.

BMTning gumanitar vaziyat va aholi ehtiyojlarini o‘rganuvchi missiyasi Qorabog‘ga yetib keldi.
Bu BMT missiyasining Qorabog‘ga mahalliy aksilterror tadbirlari olib borilgandan keyingi ikkinchi safari.
Birinchi guruh missiya 1 oktyabr kuni mazkur hududga tashrif buyurgandi. Ushbu tashrifdan so‘ng BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrik Nyu-Yorkdagi brifingda missiya mintaqaga bir kunlik tashrifi davomida barcha do‘konlar yopilgan bo‘lsa-da, fuqarolik infratuzilmasi, jumladan, maktab va shifoxonalarning vayron bo‘lish belgilarini topmaganini aytgandi. Shuningdek, u missiya so‘nggi sulhdan keyin tinch aholiga nisbatan zo‘ravonlik holatlari haqida hech qanday xabar eshitmaganini taʼkidlagan.







