Chikagoda bir kunda yuzlab qushlar halok bo‘ldi
Ular shisha binoga borib urilgan.

Chikagoda mingga yaqin ko‘chmanchi qushlar konferensiya markazi binosiga borib urilishi oqibatida nobud bo‘ldi.
Qayd etilishicha, qushlarning ommaviy nobud bo‘lishiga bir qancha holatlar sabab bo‘lgan: migratsiya davri, yomon ob-havo va ko‘p qavatli binoning yoritilishi.
Odatda kuniga 15 tagacha qushlar bino bilan to‘qnashuvda nobud bo‘lishadi, bu safar qurbonlar 33 turning vakillari bo‘lgan.
Birgina AQSHda har yili bir necha yuz million qushlar shisha osmono‘par binolarga urilish oqibatida halok bo‘ladi. Buning asosiy sababi shundaki, ular shishani yetarlicha yaxshi ko‘rmaydilar va ularning oldida halokatli to‘siq borligini tushunmaydilar.
Kechasi ko‘chib yuradigan qushlar, ayniqsa mayda chiroqlarni yulduzlar deb o‘ylashi mumkin. Osmono‘par binolarning yorqin chiroqlari ularni ham o‘ziga tortadi, ham chalg‘itadi. Ular yo derazalarga uriladi yoki charchoqdan o‘lguncha binolar atrofida aylanishadi.
Ekologlarning taʼkidlashicha, binolarni yoritishni kamaytirish orqali qushlar o‘limining oldini olish mumkin. Shuningdek, qushlarga ko‘rinadigan shishadan osmono‘par binolar qurish kerak.
AQSHning bir qator shaharlari qushlar migratsiyasi davrida binolarni yoritishni kamaytirmoqda yoki butunlay yo‘q qilmoqda.







