Hindiston janubidagi yong‘inda 14 kishi halok bo‘ldi
Yong‘in pirotexnika sotiladigan do‘konda sodir bo‘lgan.

8-oktyabr kuni Hindiston janubidagi Karnataka shtatida pirotexnika sotiladigan do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi, natijada 14 kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi jarohatlandi.
Maʼlumotni mahalliy politsiya tasdiqladi.
Hodisa shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi shtatning Bangalor maʼmuriy hududining Attibele tumanida sodir bo‘lgan.
Qurbonlarning aksariyati o‘sha do‘kon xodimlari.Politsiya hozirda ularning shaxsini aniqlash ustida ish olib borayotganini maʼlum qildi. Yong‘indan jabrlanganlar mahalliy shifoxonaga yetkazilgan.
Do‘kon egasi va yer egasi yong‘in xavfsizligi talablarini buzganlikda ayblangan.







