Isroilda vaziyat yomonlashgan bir paytda Bayden ziyofat uyushtirdi
AQSH prezidentining bu ishi respublikachilar tomonidan tanqidga uchradi.

AQSH prezidenti Jo Bayden Isroilda avj olgan mojaro vaqtida Oq uyda bazm tashkil qilgani uchun respublikachilar tomonidan tanqidga uchragan.
Ziyofat Oq uy xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun tashkil etilgan. Hududda barbekyu va jonli konsert uyushtirilgan.
"Hamas amerikaliklarni garovda ushlab turganda, Jo Bayden jonli musiqa bilan bazm qilishni yoqtiradi", — deydi Missuri shtatidan respublikachi senator Josh Xoli.
"Isroil hujumga uchragan paytda Oq uyda barbekyu?" — deydi respublikachi senator Rend Polning tashqi aloqalar bo‘yicha direktori Jimena Barreto.
Eslatib o‘tamiz, 7 oktabr kuni ertalab Hamas kuchlari Isroil tomon raketa otgani maʼlum qilindi. Raketa hujumlariga javoban Isroil mudofaa kuchlari G‘azoda harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi.







